Alisher G‘aniyevga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kaliti topshirildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimiz tarixida 23 yoshli o‘smirlar o‘rtasida “Yunon-rum” kurashi bo‘yicha 1-jahon chempioni Alisher G‘aniyevga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kalitini topshirdi. Viloyat hokimi chempionni yutuqlari bilan qutlab, ushbu sportchidan niyatlar katta ekanligi, sportning shu turi bo‘yicha olimpiada yo‘llanmalarini olib, mamlakatimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarib, madhiyamizni baralla yangrashiga, yurtimizni dunyoga tanitishda o‘z hissasini qo‘shishga bundan keyingi faoliyatida ham katta omad va zafarlar tilab, katta g‘alabalarni kutib qolishga umid va ishonch bildirildi. Ma‘lumot o‘rnida, Alisher G‘aniyev Buvayda tumanida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi. “Yunon-rum” kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a‘zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi. U 2024-yil oktyabr oyida Albaniya poytaxti Tirana shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida 23 yoshli o‘smirlar o‘rtasida “Yunon-rum” kurashi bo‘yicha 1-jahon chempioniga aylandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





