Ijodkorlar bog‘ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi






Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg‘ilon shahridagi Ijodkorlar bog‘ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. Erkin Vohidov nomidagi mazkur bog‘ aholi dam oladigan, shuningdek, nufuzli festivallar, anjumanlar, turli tadbirlar o‘tkaziladigan joy sifatida yanada takomillashtirilmoqda. Xususan, bu erga qo‘shimcha qrim sosnasi, kashtan, kustarnik kabi manzarali daraxtlar ekilyapti, san‘atkorlar xiyobonining qurilishi yakuniga etkazilmoqda. Viloyat rahbari ana shu jarayonlarni ko‘zdan kechirib, bog‘ga mingga yaqin manzarali daraxt va butalar ekish, yo‘laklarni ta‘mirlash, daraxtlarni sug‘orish tizimini yangilash topshirig‘i berildi. Shuningdek, bog‘ hududida Farg‘onada tug‘ilib yashab o‘tgan ijodkorlarni xotirasini abadiylashtirish maqsadida boshlangan san‘atkorlar xiyobonidagi ishlarni qisqa muddatda yakunlash vazifasi topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda