Marg‘ilon shahridagi “Ipakchi” MFYda Renovatsiya dasturi asosida ko‘p qavatli uylarning qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda






Bu yerdagi ma‘nan eskirgan uylar o‘rnida 11 ta 7 qavatli 385 xonadondan iborat uylar barpo etilmoqda. Navro‘z bayramida mazkur uylarning bir qismi foydalanishga topshiriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birgalikda mazkur mahallada bo‘lib, qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Quruvchilar bilan muloqotda qurilish sifatiga e‘tibor qaratish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, xonadon egalariga qulayliklar yaratish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ipakchi va Qirguli mahallasida Renovatsiya dasturi doirasida 241 ta ma‘nan eskirgan yakka tartibdagi uy-joylar o‘rnida 36 ta 7, 9 qavatli 2520 xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




