Farg‘ona tumanida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar tantanali kuzatildi










Farg‘ona tumani Mudofaa ishlari bo‘limida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tantanali kuzatish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Baxtiyorjon Muminov, "Yo‘ldosh hoji" jome‘ masjidi imom xatibi Mukarramjon Mamasiddiqov, tuman hokimligi, Madaniyat bo‘limi, "Vatan tayanchi" guruhi a‘zolari, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-yanvardagi PQ-31-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil ma‘lumot berildi. Joriy yilda Farg‘ona tumanidan 171 nafar yigitning muddatli harbiy xizmatga yuborilishi rejalashtirilgan. Tantanali tadbir davomida chaqiriluvchilarga Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, mardlik va jasorat namunasi bo‘lish tilaklari bildirildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





