Farg‘onada Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda










Farg‘onada Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda
Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Viloyatimizning faol xotin-qizlari jam bo‘lgan tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan yurtimiz ayollarini, farg‘onalik xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladi.
Tantanada Prezidentimizning “8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq bir guruh farg‘onalik faollar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgani, farg‘onalik Dilnoza Abdurasulova va Layloxon Saynazarova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangani e‘tirof etildi.
Viloyat rahbari ayol nafaqat jamiyatda, balki oilada ham tinchlik va muhabbat timsoli ekanligini ta‘kidlab, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi, farzand tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ayollar jamiyat taraqqiyotining muhim qismi sifatida ta‘lim, tibbiyot, fan, madaniyat, tadbirkorlik va davlat boshqaruvi sohalarida ulkan yutuqlarga erishayotganligini, viloyatimizda ham bunday faol, tashabbuskor xotin-qizlar ko‘pligini qayd etdi. Xususan, viloyatimizda rahbar ayollar ulushi 32 foizga, oliy ta‘limdagi qizlar ulushi 50 foizga ko‘tarilgani, 2600 nafar xotin-qizlar zaxira kadrlar nomzodligiga olingani aytib o‘tildi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta‘minlash, uning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish ishlariga to‘xtalib, joriy yilda bu yo‘nalishdagi jarayon yangi bosqichda davom etishi bildirildi.
Tadbirda 25 nafar viloyatimiz vakillariga “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni hamda turli sohalarda samarali faoliyat yuritgan bir guruh faol xotin-qizlarga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida “Farg‘ona ayoli” videoroliklar tanlovining g‘oliblari tantanali taqdirlandilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlarining 2024 yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida, to‘laqonli va sifatli bajarilishini ta‘minlab, Respublika miqyosida birinchi o‘rinni egallagani uchun viloyat hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasining bayram dasturi namoyish etildi. O‘zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa‘diev, Erkin Komilov, Zuhra Ashurova, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Ra‘no Yarashova, Tohir Saidov, Dilnoza Kubaeva va taniqli aktyorlar Hamza Hasanov, Sharofiddin Muzropovlar ijrosida tayyorlangan monologlar, qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi