Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

12372025-03-07 17:27

Yozyovon tumani yirik turizm maskani va yashil hududga aylanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350307072.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350316468.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350320358.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350324175.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350331835.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350336085.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350339365.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350344699.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350352297.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350356192.jpg

Yozyovon tumani hududida joylashgan Markaziy Farg‘ona suv ombori atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 gektardan ortiq maydonda “yashil belbog‘” tashkil etish ishlari boshlandi. Bugun viloyat hokimligi, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar, nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda mazkur loyihaga start berildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni bahor va nafosat bayrami bilan tabriklab, Markaziy Farg‘ona cho‘lida yirik loyihaga kirishilayotganligini, xususan, Yozyovon tumani taraqqiyotida yangi davr boshlanayotganligini ta‘kidlab o‘tdi. Suv ombori atrofidagi bo‘sh turgan 300 gektar yerlar o‘zlashtirilib, yashil hududlar tashkil etilayotgani Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasining amaliy samaralaridan biri ekanligini qayd etdi.

- Vodiyning markazi bo‘lgan Yozyovonda turizmning ko‘plab turlarini rivojlantirish uchun katta salohiyat bor, - dedi viloyat rahbari. - Qisqa fursatlarda bu yerda yashillik bilan birga zamonaviy dam olish maskanlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi. Xususan, bu maskan cho‘l turizmi sifatida eng yirik va go‘zal majmua bo‘ladi. Ayni kunlarda bu bo‘yicha loyiha ishlari olib borilmoqda. E‘tiborli jihati, turizm tuman iqtisodiyotining drayveri bo‘lib, minglab ish o‘rinlari yaratiladi. Hozirdan ko‘plab tadbirkorlarimizdan yaxshi takliflar bildirilmoqda.

Nuroniylar Ahmadjon Ismoilov, Muxtorjon Sarimsaqov Markaziy Farg‘ona cho‘llarining tarixi va buguni haqida to‘lqinlanib gapirishib, xayrli ish boshida turganlarga minnatdorchilik bildirishdi.

Xatmi qur‘on o‘qilib, jonliq so‘yildi. Yurtga tinchlik, dehqonchiliklarga baraka tilanib, duolar qilindi.

Tadbirdan so‘ng minglab hasharchilar ishtirokida ko‘chat ekish ishlariga kirishdilar. “Yashil belbog‘”ga qarag‘ay, oq qayin, kaliforniya teraklari, pavloniya ko‘chatlari ekilmoqda. Loyiha doirasida suv ombor atrofiga bir million tupga yaqin ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742311902415.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309093677.jpg

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298390848.jpg

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742291164816.jpg

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742288744010.jpg

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287599018.jpg

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft