Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2042025-03-18 13:49

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287599018.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287603496.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287607779.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287611265.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287614844.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287618440.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287621634.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onaga amaliy tashrif bilan kelgan Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi katta delegatsiyani qabul qildi.

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Janubiy Koreya O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri ekanligini, so‘nggi yillarda aloqalar yangi bosqichda davom etayotganligini bildirdi. Do‘stona va manfaatli hamkorlik hududlararo faollashayotganini, xususan, Farg‘ona viloyatida bu boradagi ishlar samarali bo‘layotganligi ta‘kidlandi. Hozirgi kunda viloyatimizda Janubiy Koreya korxonalari kapitali ishtirokida jami 48 ta korxona faoliyat olib borayotganligini, 2024-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarda 55,4 mln. dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilganligini qayd etdi.

Bugungi uchrashuv Farg‘ona va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirdi. Ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikka tayyor ekanligi ma‘lum qilindi.

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, Farg‘ona viloyati bilan migratsiya, sanoat, ta‘lim va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash borasida so‘z yuritdi. Mehnat, ta‘lim vizalarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi. Iyul oyida Ulsan shahri tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Farg‘onaga tashrifiga kelishildi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Ma‘lumot o‘rnida, Ulsan metropolitan shahri – Koreya Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Shahar aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rinda turadi. Bu yuqori ko‘rsatkich shaharning sanoat bazasi va iqtisodiy faoliyatida dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilar - “Hyundai” xoldingining avtomobilsozlik va og‘ir sanoat korxonalari, “SK Energy”, KNOC (Koreya milliy neft korporasiyasi), “Korea Zinc” joylashuvi bilan izohlanadi. 130 mingdan ortiq korxonalar faoliyat ko‘rsatadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742311902415.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309093677.jpg

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298390848.jpg

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742291164816.jpg

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742288744010.jpg

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft