Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

40852025-03-18 19:46

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309093677.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309098088.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309101119.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309104238.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309106945.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309110016.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309112920.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309116210.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309122802.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309125437.jpg

Farg‘ona shahrida Janubiy Koreyaning Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Ulsan shahri delegatsiyasi, viloyat hokimligi, tegishli boshqarmalar mas‘ullari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston-Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan manfaatli hamkorlik barcha sohalarni qamrab olayotganligini ta‘kidlab, mazkur markaz ham buning yaqqol ifodasi ekanligini bildirdi. Markazning tashkil etilishiga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirib, bugungi tashrif Ulsan shahri bilan do‘stona munosabatlar uchun yangi imkoniyatlar ochganligini qayd etdi.

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev migratsiya sohasida boshlangan bu kabi hamkorlik yanada kengayib, Farg‘ona viloyatida istiqbolli qo‘shma loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirishdi.

Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, Janubiy Koreyaning "iqtisodiy poytaxti” — Ulsanda ishlash istagida bo‘lgan nomzodlar Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida 3 oylik kasb va til kurslaridan o‘tadi.

Ushbu markazni tamomlagan yoshlarga Ulsan shahar hokimligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi viza berishni yo‘lga qo‘yadi va "Hyundai" kemasozlik kompaniyasiga ishga joylashtiradi. Ushbu mexanizm Koreyaga ishchi kuchini yetkazib beruvchi jahondagi 17 ta davlat orasida birinchi marotaba faqatgina O‘zbekiston uchun qo‘llanilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida EPS-topik testlaridan yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan 421 nafar nomzod “Hyundai” kemasozlik zavodiga mutaxassis yetkazib berishni maqsad qilgan ushbu markazda o‘qish istagini bildirgan. Shundan 365 nafari imtihonlarda qatnashdi va 202 nafari saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Birinchi bosqich o‘quvlarida 105 nafari ishtirok etmoqda.

Migratsiya agentligi va Janubiy Koreyaning Ulsan shahri va “Hyundai Heavy Industries” kompaniyasi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida uch tomonlama hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolangan edi. Mazkur yuqori darajadagi muloqotlar natijasida O‘zbekiston fuqarolari uchun Koreyada yangi ish imkoniyatlari ochildi.

Malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi Farg‘ona shahridagi KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazida tashkil etildi. Markaz tantanali ochilib, mehmonlar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom do‘stlik ramzi sifatida daraxt ekdilar.

Shu bilan Ulsan shahri delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi yakunlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744941858794.jpg

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938518123.jpg

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744936865928.jpg

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft