Quvasoyda milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi






Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalasi muhokama qilindi. Xitoylik hamkorlar tomonidan Farg‘ona traktor ishlab chiqarish korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilning yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Korxona tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatiladi va mustaqil o‘zini elektr bilan ta’minlaydi. Ikki bosqichli loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyingi bosqichda butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi. Dastlabki bosqichda 250 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Uchrashuvda shahar hokimi loyihani belgilangan talablar asosida tezroq ishga tushirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





