Bag‘dodda bahorgi qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l bo‘yi servis infratuzilmasi o‘rganildi



Obodlik bor joyda qut-baraka bo‘lishi yoshi ulug‘larimiz tomonidan muntazam ta‘kidlab kelinadi. Biroq, bag‘dodlik rahbarlar bu hikmatning mazmun-mohiyatini unutishgan.
Shuning uchun yo‘l yoqalarida, ariq va zovurlarda chiqindilar to‘planib yotibdi. Qabristonlar esa qarovsizligini ko‘rib dillar xira bo‘ladi. Ayniqsa, joylarda chiqindilarga o‘t yoqilgani tabiatga ham zarar keltirmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi ishlar, xususan, g‘alla parvarishi, chigit ekish ishlarida qoloqlik bor. Yo‘l bo‘yidagi servis obyektlaridagi holat talab darajasida emas.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Bag‘dod tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi ishlarning borishi, mahallalar hamda yo‘l bo‘yi infratuzilmasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish jarayonini o‘rgandi.
Bahor kelib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari joylarda keng quloch yozayotgan bir paytda hududlardagi ayanchli holatlar tanqid qilindi.
Mas‘ullarga mazkur holatlarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Quvasoy shahrida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi tadbirlari

Quvasoy shahrida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi tadbirlari

Quvasoy shahrida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi tadbirlari

Quvasoy shahrida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi tadbirlari

Quvasoy shahrida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi tadbirlari

Quvasoy shahrida iftorlik marosimi o‘tkazildi