Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

15082025-03-23 19:36

Bayramlar bayramga ulanmoqda: O‘rik sayli minglab farg‘onaliklarga bir olam quvonch baxsh etdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740526043.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740535752.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740557698.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740564533.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740567689.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740572477.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740576510.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740581910.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740585644.jpg

O‘zbekiston tumanidagi O‘qchi qishlog‘ida “O‘rik gullaganda” yoshlar ijodiyot festivali umumxalq sayliga aylanib ketdi. Festival barcha ishtirokchilarga bir olam quvonch ulashdi. Qiyg‘os gullagan o‘rik daraxtlari ostida milliy o‘yinlar, o‘zbekona urf-odat va qadriyatlar namoyishi, ijodkorlar chiqishlari ko‘ngillarga ko‘klam tarovatini olib kirdi. Varraklar uchirish, yosh polvonlar o‘rtasidagi kurash musobaqalari, qo‘shiqchi va shoirlar, rassom va hunarmandlarning asarlari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Doshqozondagi sumalak, ko‘k somsalar esa sayilga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlarni maftun etdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov bahor bayramlar fasli ekanligini ta‘kidlab, tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan sayillar ekologik tarbiya, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, ijodkorlar uchun ilhom manbai bo‘lib qolishini bildirdi.  Bahor va ko‘klam, Navro‘z va go‘zallik haqidagi she‘r-qo‘shiqlar jarang sochdi. Yahyobek Mo‘minov, Qilichbek Madaliyev, Valijon Qodirov, Gulasal Abdullayeva, Malika Egamberdiyeva kabi el ardog‘idagi san‘atkorlarning diltortar qo‘shiqlari, usta askiyachilarning ichakuzdi payrovlari, folklor dastalarining alyoru laparlari dillarga zavq bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft