Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

13842025-03-24 15:03

Farg‘ona shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810455001.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810477930.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810496020.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810515770.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810533883.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810549449.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810558644.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810572239.jpg

Farg‘ona shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi Farg‘ona shahridagi KOISA –kasb-hunarga o‘rgatish markazida bo‘lib o‘tgan muloqotda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev hamda tegishli tizim mas‘ullari tadbirkorlarning taklif va muammolarini eshitdi. Prezidentimiz joriy yilning 19 mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bizning strategik yo‘limiz. Viloyatimizda ham tadbirkorlarni rivojlantirishga, ularga ko‘makchi bo‘lishga muhim e‘tibor qaratilyapti. Hududlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda har bir tadbirkorning murojaati, taklifi qo‘llab-quvvatlanyapti. Shahardagi uchrashuvda 50 nafardan ziyod tadbirkorlar va ishbilarmonlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarga echim topish maqsadida ro‘yxatdan o‘tdilar. Bank krediti olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlikni boshlash va kengaytirish, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik uchun joy, import va eksportni amalga oshirish kabi masalalarda qator murojaatlar kelib tushdi. Xususan, Ra‘noxon Isaqova Xitoydan yong‘oq mahsuloti olib kelib, uni qayta ishlagan holda Tojikiston, Turkiya, Gruziya kabi davlatlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ayni kunda bojxona bilan bog‘liq muammosi borligini aytdi. Masala daxldor mutassaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, hal etish chora-tadbirlari belgilandi. Uchrashuv davomida yana shu kabi ko‘plab masalalarning ayrimlariga joyning o‘zida echim belgilandi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan turli masalalardagi murojaatlar mas‘ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Quvasoy shahrida ham kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft