Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

432 / 07.04.2026

Farg‘ona viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742987046022.jpg

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 24-mart kuni “Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi. Elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq, loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “O‘zenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi. Investor va loyiha kompaniyalari 2025–2027 yillarda Farg‘ona viloyatida 141,5 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirishni ta‘minlaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@fergana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 07.04.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft