Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1272025-03-28 08:34

Intellektual mulk huquqi himoyasining konstitutsiyaviy asoslari. Yangilangan Konstitutsiya normalari intellektual mulk huquqlari himoyasini kafolatlaydimi?

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2083043744267245.jpg

Intellektual mulk bu shaxsning aqliy, ijodiy va ilmiy faoliyati natijasi bo‘lib, ushbu mulkni egasi undan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo‘ladi. Biroq, jamiyatda shakllangan qarashlar ushbu turdagi mulk egalarining qonuniy huquq va erkinliklarini to‘laqonli amalga oshirishga imkon bermaydi. Xususan, mualliflik huquqlari, turdosh huquqlar yoki sanoat mulki obektlari bo‘lmish ixtiro yoki foydali modelga bo‘lgan huquqlarning buzilishi, o‘zga shaxslar tomonidan ushbu intellektual mulk obektlaridan huquq egalarining ruxsatisiz foydalanishi holatlari keng uchrab turadi. Garchi intellektual mulk huquqlarini muhofaza va himoya qilish sohasida qonunchilik mavjud bo‘lsada, huquq egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi kuchli mexanizmni yaratish imkoniyati mavjud emas. Bu birinchi navbatda barcha tomonidan intellektual mulkka hurmat bilan yondashmaslik, ikkinchidan aholining aksariyat qismini intellektual mulk bo‘yicha huquqiy bilimlarini shakllanib ulgurmaganligi va eng asosiysi intellektual mulkni moddiy mulkdan ko‘ra past ahamiyatga ega mulk sifatida baholanishi ushbu tizimning haligacha to‘laqonli samarali faoliyat olib borishiga imkon bermay kelmoqda. Biroq, shuni unitmaslik kerak-ki, intellektual mulk ham bu mulkning bir turi hisoblanib moddiy mulk qonunchilikka muvofiq qanday himoya qilinsa intellektual mulk ham nomoddiy mulk sifatida xuddi shunday hajmdagi himoya vositalari bilan muhofaza qilinishi lozim. Aynan huquqiy bilimning pastligi hamda qonunchilikda intellektual mulkning samarali himoya qilish tizimining mavjud emasligi ushbu mulkka bo‘lgan huquqlarning buzilishi holatlari tez-tez uchrab turishiga olib kelmoqda. Xo‘sh, intellektual mulkni samarali himoya qilish mexanizmining yaratilishi jamiyatga, davlatga qanday foyda beradi? Aynan ushbu mulk davlat qonun bilan himoya qilinishi haqidagi normaning konstitutsiyada belgilanishi zaruriyati nimadan iborat? Intellektual mulkning kuchli himoyasi eng avvalo jamiyatda innovatsiya va texnologiyani rivojlantirishga, yangi g‘oyalarni sanoatda qo‘llash orqali yaxshiroq texnik yechimlarga ega bo‘lishga, jamiyat a’zolarining turli ijod namunalaridan bahramand bo‘lishiga imkon yaratadi. Shuningdek, samamri himoya tizimining mavjud bo‘lishi aholi orasida ixtirochilik, ijod bilan shug‘ullanishni rag‘batlantiradi va o‘z aqliy va ijodiy faoliyat natijasidan foyda olish ularni yanada yangi va yaxshiroq sanoat mulki obektlari va san’at asarlari yaratishiga imkon beradi. Intellektual mulk obektlaridan foydalangan jamiyat esa o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga tezroq yetadi. Agarda bugungi kundagi tendensiyaga e’tibor beradigan bo‘lsak har qanday mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning nomoddiy aktivlari salmog‘i moddiy obektlardan ko‘ra qiymatliroq va biznez uchun ahamiyatliroq. Shu bois ham ko‘plab yirik kompaniyalar o‘z faoliyatlarini aynan intellektual mulk huquqlarining samarali himoya qilish mexanizmi mavjud bo‘lgan davlatlarda amalga oshirishni va o‘z huquqlarining qonun bilan himoya qilinishini xohlaydilar. Shuhrat Sheraliyev Xurshidjon Umarov Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft