Farg‘ona tumani "Qo‘riq" mahallasida asalarichilik va eksport hajmi oshmoqda




Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari – Investisiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov Qo‘riq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi tadbirkor Ahmedov Bobomurod Valievich xonadonida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida fuqaro 100 dan ortiq asalari oilasiga ega bo‘lib, yillik 5 tonnadan ortiq tabiiy asal etishtirayotgani aniqlandi. Bundan tashqari, tadbirkor har yili o‘rtacha 30-40 ming dona asalari paketi etishtirib, ularni eksport qilish bilan shug‘ullanmoqda. 2025-yilda Ahmedov Bobomurod Valievich tomonidan 25 ming dona asalari paketi Qozog‘iston va Rossiya bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda Qozog‘istonga 15 ming dona asalari paketi jo‘natilishi kutilmoqda. Bu esa tadbirkorning eksport hajmini oshirish, xorijiy bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadbirkorga tuman hokimligi tomonidan xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi bozorlarni o‘rganish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi haqida tushunchalar berildi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yiliga 2 ming tonnadan ortiq asal ishlab chiqariladi, shundan 400 tonnasi eksportga yo‘naltiriladi. Qo‘riq mahallasi esa viloyatning asalarichilik rivojlangan hududlaridan biri bo‘lib, bu erda 10 dan ortiq asalarichilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





