Viloyat hokimi Xitoy Xalq Respublikasining "Zhejiang Juma Entertainment Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining Zeyjang provinsiyasida joylashgan "Zhejiang Juma Entertainment Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda viloyatimizda turizm va ko‘ngilochar infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari bugungi kunda hududlarda zamonaviy dam olish maskanlari va parklar tashkil etishga muhim e‘tibor qaratilayotganligi, bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda investorlarni jalb etish yaxshi samara berishligi haqida so‘z yuritdi. Uchrashuvda kompaniya rahbari Ma Jyang kompaniya faoliyati haqida ma‘lumot berdi. Mazkur kompaniya istirohat bog‘lari uchun attraksionlar ishlab chiqarish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yirik tajribaga ega. Kompaniya dunyo miqyosidagi eng yirik va zamonaviy charxpalaklar, turli attraksionlar, innovatsion ko‘ngilochar uskunalarni ishlab chiqarish bilan tanilgan. Muloqot chog‘ida Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – "Yangi O‘zbekiston” massivi hududida aholi uchun zamonaviy istirohat bog‘ini qurish loyihasi muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





