Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2162025-04-02 17:25

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirishdagi qadamlar

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2083598094637230.jpg

Mamlakatimizda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashishga qaratilgan yaxlit huquqiy tizimni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida Bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi, shuningdek voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlar lavozimlari joriy etildi. Shu munosabat bilan mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlari belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, shuningdek bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. 248-modda ikkinchi qismining 41-bandi chiqarib tashlandi, uchinchi qismidagi «(bundan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlari va inspektor-psixologlari mustasno)» degan so‘zlar chiqarib tashlandi. Sh.M.Mirzakirov Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft