Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2372025-04-04 17:11

Oftobru mahallasidagi pedagogika texnikumida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610976230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610978620.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610981010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610984595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610986985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610988180.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610991765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610992960.jpg

Yoshlarga berilayotgan e'tibor zamirida ularning kelajagi mujassamligi Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning negizidir. Berilayotgan e'tibor barobarida yoshlarimizni qiynayotgan muammolar ham borki, ularning bartaraf etilishi kunning asosiy masalasi hisoblanadi. So'x tumani hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi tomonidan yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo hamda takliflarini o'rganish, bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtilarini mazmunli o'tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oftobru mahallasidagi pedagogika texnikumida maktab bitiruvchilari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchilari tomonidan oliy ta'lim muassasalariga kirish jarayoni, imtihon tizimi, grant va kontrakt asosida o'qish imkoniyatlari bo'yicha tushuntirishlar berildi. Yoshlar yetakchilari bitiruvchilarga kerakli tavsiyalarni taqdim etdi. Tadbir ochiq muloqot tarzida o'tkazilib, yoshlarning qiziqish va muammolari tinglandi. Tadbir davomida yetakchi yoshlarga tuman hokimligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashining esdalik sov¬alari taqdim etildi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@fergana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.04.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft