Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi rahbari Xan Zong Bai boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi rahbari Xan Zong Bai boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Unda Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida amalga oshirilayotgan metalni qayta ishlash zavodi loyihasi qurilishining borishi muhokama qilindi.
Xitoyning "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Sifatli va raqobatbardosh qayta ishlangan temir mahsulotlarini ichki ehtiyojlarni qoplash bilan bir qatorda tashqi bozorga ham eksportga chiqarish maqsad qilingan.
Kompaniya rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda investor Xan Zong Bai ayni kunda mazkur zavoddagi qurilish jarayoni, eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilayotgani haqida batafsil ma‘lumot berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha ishlar jadal ketayotganini qayd etib, bu yerda ishlab chiqarish bilan birga biznes forumlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilayotgani, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlar barpo etilayotganini alohida e‘tirof etdi.
Uchrashuvda loyihaning birinchi bosqichi oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilganligi aytib o‘tildi. Muloqot yakunida hudud ifratuzilmasini rivojlantirish hamda hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi