“Qalqon” guruhi yoshlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi


Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida “Xo‘jaqishloq” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Qalqon” guruhi a’zolari uchun maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar huquqiy bilimlar bilan boyitildi, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, ayniqsa yoshlar hayotiga ko‘rsatadigan tahlikalari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti doirasida yoshlarga sog‘lom mafkura, vatanparvarlik, qonunlarga hurmat bilan yondashishi to‘g‘risida tengdoshlari o‘rtasida targ‘ibot qilish ko‘rsatmalari ham berildi. Mazkur tadbir mahallada jinoyatchilikning, xususan, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda