04.04.2025. Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi








Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim, tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi. Sessiya avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli Qarori yuzasidan Quvasoy shahrining maqsadli ko‘rsatkichlari to‘g‘risida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi. Sessiya davomida, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Quvasoy shahridagi 802 ta geografik obyektlarni ko‘cha, “tor ko‘cha”, “berk ko‘cha” deb nomlanishi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hamda tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 1 mavsumida shahar fuqarolaridan jihozlash va qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha kelib tushgan tashabbuslar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Kun tartibidagi so‘nggi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli Qarori bilan har yili 11-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo‘yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





