“Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi






Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning hayoti, faoliyati, shuningdek, davlat boshqaruvidagi o‘gitlari haqida o‘quvchilarga tushunchalar berildi. Shu bilan birga, Temuriylar sulolasi tarixi haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Tadbir so‘ngida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Amir Temur hayotiga oid qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Bellashuv tarzida tashkil etilgan bu savol-javoblar o‘quvchilarda tarixiy bilim va tafakkurni oshirishga xizmat qildi. Mazkur tadbir orqali o‘quvchilarda tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari va ma‘naviy tarbiya singdirilib, Amir Temurning boy merosini chuqur o‘rganish ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Tadbir barchaga katta taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yosh taekvondochilar Olimpiya cho‘qqilari sari intilmoqda

Maxsus sanoat zonasida ilg‘or tajribalar asosida loyihalar ishga tushiriladi



Farg‘onada tibbiyot sohasi to‘liq raqamlashib, xizmat sifati yaxshilanmoqda