Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2142025-04-10 17:26

Zangat mahallasidagi ichki yo'llarni asfalьtlashtirishga 2 milliard 750 million so'm mablag' yo'naltirilgan

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169598240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169603020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169606605.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169608995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169612580.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169617360.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169624530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084424169631700.jpg

Jahon bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi asosida tumanimiz mahallalarida turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur asosida So'xning 9 ta mahalla fuqarolar yig'inida keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash va obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Zangat mahalla fuqarolar yig'ini aholisining talab va takliflarini inobatga olgan holda mazkur dastur doirasida mahallaning barcha ichki ko'chalarida asfalьtlashtirish ishlari olib borish bo'yicha loyiha ishlab chiqilgan. Bugungi kungacha mahalladagi 5-darajali yo'llarni asfalьtlashtirish bo'yicha dastlabki amallar – shag'allashtirish ishlari olib borildi va bugundan boshlab mahallada rejadagi ko'chalarga asfalьt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi. Asfalьtlashtirish ishlari tanlov asosida "Muhammadsiddiq qurilish invest" MChJ zimmasiga yuklatilgan. Ichki ko'chalarning umumiy masofasi salkam 6,5 kilometr bo'lib, mazkur ishlarga Jahon banki tomonidan 2 milliard 750 million so'm mablag' yo'naltirilgan. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 11.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft