Oltiariqda meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi




Oltiariqda meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi Tadbirda viloyat, shahar va tuman hokimlarining investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Jahon bankining viloyat koordinatori, tegishli idora va tashkilotlar, shuningdek, eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etdi. Seminarda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov mamlakatimizda meva-sabzavot eksportini kengaytirishga qaratilayotgan e‘tibor, yaratilayotgan sharoitlar natijasida viloyatda eksport hajmi yil sayin ortib borayotganini ta‘kidladi. Shu bilan birga, dunyo bozoriga chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, qadog‘i va yorlig‘i xalqaro standartlarga mos bo‘lishi zarurligi, zamonaviy qadoqlash texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi. Seminar doirasida mutaxassislar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdagi talablar, “Agroko‘makchi” mobil ilovasida yaratilgan qulayliklar va undan foydalanish tartibi haqida batafsil ma‘lumotlar berildi. Viloyatning eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda istiqboldagi vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi