Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4092025-04-12 09:09

Bosma nashrlar: tajriba, muammo, echim” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430915949.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430925175.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430930121.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430937451.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430941200.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430946152.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744430950992.jpg

Beshariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan tanishish maqsadida press-tur hamda “Bosma nashrlar: tajriba, muammo, echim” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi va tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vodiy viloyatlaridan kelgan jurnalistlar ishtirok etishdi.

Anjuman qatnashchilari dastlab tumandagi “Trust agro” mevani qayta ishlash korxonasi, so‘ngra “Vodiy naslli parranda” MChJ va “Sherwood” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar, innovasion loyihalar va aholini ish bilan ta‘minlash borasidagi tashabbuslar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar “Beshariq tongi” gazetasi binosidagi sharoitlar bilan tanishdilar. Mazkur gazeta tahririyati uchun tuman hokimligi tashabbusi bilan barcha sharoitlari muhayyo qilingan zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, anjuman ishtirokchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tahririyat hovlisiga mevali va manzarali daraxtlar ekishdi.
Press-tur qatnashchilari tuman madaniyat markazida tashkil etilgan taniqli karikaturachi-rassom Mahmudjon Eshonqulovning ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Beshariq tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi Rasuljon Jo‘raev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tuman hokimi Beshariqda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma‘lumotlar berdi. Muassisligidagi gazetani har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tuman hokimi viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining chegaralari tutashgan nuqtasida barpo etilgan Do‘stlik stellasini borib ko‘rishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744941858794.jpg

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938518123.jpg

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744936865928.jpg

Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft