Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

9122025-04-12 21:18

Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474402905.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474409568.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474428463.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474486538.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474520551.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474535326.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474545336.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744474555139.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatida bo‘ldi. Tashrif doirasida Farg‘ona delegatsiyasining Omsk viloyati hukumati rasmiylari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Muloqotda ta‘lim, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, aholi bandligi kabi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lgani e‘tirof etildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda O‘zbekiston - Rossiya munosabatlari yangi bosqich – ko‘pqirrali strategik ittifoqchilik va ishonchli hamkorlik darajasiga ko‘tarilganini qayd etib, hududlararo aloqalar faollashayotganini bildirdi. Viloyatimizda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda 122 ta korxona faoliyat olib borayotgani, o‘tgan yilda 26 ta loyiha amalga oshirilib, 113 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etilganini ma‘lum qildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yangi bosqichda davom etishini bildirib, ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, IT, tibbiyot kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e‘tibor qaratdi. Ikki viloyatning Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida doimiy ko‘rgazma-yarmarkalar, forumlar va hunarmandchilik tadbirlarini tashkil etish, omsklik tadbirkorlarni Farg‘onaga borib, iqtisodiy-investitsiyaviy imkoniyatlar bilan tanishish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi.

Muloqotda Omsk va Farg‘onadagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida dual ta‘limni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash, talabalarga yuqori darajadagi bilim va amaliy tajriba olish imkonini yaratish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mazkur uchrashuvda videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etgan Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko ikki hudud hamkorligini yanada rivojlantirishni, qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilishini bildirdi.

Taqdimotlar davomida har ikki hududning mavjud salohiyati va imkoniyatlari haqida atroflicha ma‘lumotlar berildi. Hamkorlikda yangi loyihalarni boshlash, ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida biznes vakillari bilan ham samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878179416.jpg

Farg‘onada energiya tizimi uchun "aqlli" texnologiyalar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744807910929.jpg

Farg‘onada Guanchjou shahri ishbilarmonlari hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744806046203.jpg

Viloyat delegatsiyasi Xitoyga amaliy tashrifi davomida Foshan shahrida joylashgan "Guangzhou Victel Technology Co., Ltd" kompaniyasida bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744798844776.jpg

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744783017112.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft