Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

10962025-04-12 22:07

Rossiyaning Omsk viloyatida Farg‘ona ulgurji taqsimlash logistika markazining birinchi bosqichi ishga tushirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477546318.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477557066.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477561455.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477568604.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477573700.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477578006.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477587758.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477592134.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744477596009.jpg

Endilikda Farg‘onada yetishtirilgan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya iste‘molchilariga yetkazib beriladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatiga rasmiy tashrif doirasida mazkur “Frukt-Siti” ulgurji taqsimlash logistika markazining tantanali ochilish tadbirida ishtirok etdi. Shuningdek, unda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov hamda Rossiya Federatsiyasi rasmiylari qatnashdi.

O‘zbek biznesmenlari ta‘sischiligida 700 mln rubl sarflanib qurilgan yangi ulgurji taqsimlash logistika markazi 9 gektar maydonni egallab, zamonaviy infratuzilma asosida barpo etilgan. Mazkur bozor o‘z ichiga 16 ta har biri 380 kvadrat metrdan iborat keng va qulay angarlarni oladi. Bu angarlar meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qulay sharoitda sotish imkonini beradi. Shuningdek, bozor hududida 72 ta savdo do‘konlari faoliyat yuritadi. Ularda turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqa iste‘mol tovarlari sotiladi. Markazning yana bir muhim jihati, transport logistikasiga e‘tibor qaratilganidir. 450 ta yuk mashinasi uchun mo‘ljallangan turargohlar tashkil etilgan bo‘lib, bu ulgurji savdo jarayonini uzluksiz va tizimli ravishda tashkil etishga xizmat qiladi. Mazkur turargohlar yuk avtomobillarining erkin harakatlanishi va mahsulotlarni tezkor ravishda tushirish hamda yuklash imkonini beradi. Logistika markazining bir qismida Farg‘ona savdo uyi ham ochildi.
Dastlab viloyatimiz delegatsiyasi mana shu yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

Tantanali tadbirda so‘z olganlar mazkur loyiha O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari tashabbusi bilan amalga oshirilganini ta‘kidlab, uning ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur loyihani amalga oshirishda yordam berganlarga minnatdorlik bildirib, yangi markaz hududlarning hamkorligini mustahkamlash yo‘lida muhim omil bo‘lganligini ta‘kidladi. Hozirda loyihaning birinchi bosqichi yakunlangani, tez orada ikkinchi va uchinchi bosqichlarining qurilish ishlari amalga oshirilishi ma‘lum qilindi.

- Bugun biz Farg‘ona viloyatidan Rossiya bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror yetkazib berish imkonini beruvchi muhim logistika markazini ochmoqdamiz. Bu hududlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, ishonch va strategik sheriklik samarasidir. Farg‘ona qishloq xo‘jaligining boy salohiyatiga ega viloyatdir. Tabiiy, yuqori sifatli mahsulotlarimiz iste‘molchilarga tez va eng yaxshi holatda yetib kelishida mazkur zamonaviy logistikaning o‘rni katta bo‘ladi, - dedi viloyat rahbari.

Markazda maxsus savdo do‘konlari, saqlash omborlari, logistika xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu O‘zbekistondan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga xizmat qilishi urg‘ulandi.

Ushbu bozor faoliyati natijasida 800 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi doimiy ish o‘rni bilan ta‘minlanishi rejalashtirilgan. Ular uchun zamonaviy turar-joylar, ozuqa ta‘minoti, tibbiy xizmat va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun Farg‘ona ko‘rgazma markazining ochilish marosimi ham tashkil etildi.

Ramziy tasma qirqilib, ishtirokchilar bu yerdagi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Markazda viloyat hokimi tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini ham eshitdi. Hamkorlikda bozor faoliyatini yanada jonlantirish zarurligi qayd etildi va mas‘ullar bilan birgalikda oldinda turgan chora-tadbirlar kelishib olindi.

O‘zbekistonlik taniqli san‘atkorlar va Omsk viloyati madaniyat uyi vakillari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744783017112.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744780096777.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoyning Foshan shahrida joylashgan "Guangdong Shengte Electric Co., Ltd" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744739907325.jpg

Farg‘onada AVCIT kompaniyasi raqamli texnologiyalarni joriy qiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744709476899.jpg

Uchrashuvlar samarali bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744632709239.jpg

Urumchi shahrida Farg‘ona viloyati hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining 200 dan ziyod ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744630666993.jpg

Xushxabar: Farg‘onadan Urumchiga aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft