Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Omsk viloyatidagi ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligidagi delegatsiya a‘zolari tashrif doirasida Omsk innovatsion texnologiyalar zavodida bo‘ldi. Mazkur korxona 2012-yilda tashkil topgan bo‘lib, markaziy isitish qozonlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus davlatlariga mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Navbatdagi tashrif "Makosh" sanoat zonasiga amalga oshirildi. Uning hududi 221 gektar bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va logistika tizimiga ega. Safar chog‘ida delegatsiya a‘zolari mazkur sanoat obyektlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik liniyalar hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxona rahbarlari va mahalliy investorlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





