Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

6762025-04-14 13:49

Farg‘ona viloyati hamda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida ko‘p tomonlama hududlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620436280.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620441253.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620444657.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620449028.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620452333.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620459553.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620462358.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620465045.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744620467942.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Viloyat delegatsiyasi dastlab Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ishtirok etdi.

Urumchi shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a‘zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi rasmiylar bilan keng doirada o‘tkazilgan muzokaralarda ikki hudud o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga chiqqanligi, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta‘kidlandi. Barcha sohalarda hamkorlik mustahkamlanib borayotgani, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yangi magistral temir yo‘li qurilishi boshlangani muhim tarixiy voqea bo‘lganligi, hududlararo aloqalar faollashgani qayd etilib, Shinjon- Uyg‘ur avtonom rayoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali hamkorlik e‘tirof qilindi. Farg‘ona viloyati va Shinjon bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish takliflari bildirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ikki davlat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning samarali mexanizmiga aylanganligini qayd etib, Farg‘onaning ulkan iqtisodiy-investitsiyaviy imkoniyatlari haqida ma‘lumot berdi. Qishloq xo‘jaligi, tekstil-to‘qimachilik, turizm, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ta‘lim kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Xususan, Shinjonning qishloq xo‘jaligini barcha yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalari va texnologiyalarni viloyatimizda joriy etish, hamkorlikda sohaning malakali mutaxassislarini tayyorlovchi ilmiy-amaliy markaz tashkil etish va o‘zaro almashinuvlarni, oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Urug‘chilik markazi, Quva tumanida mevali va manzarali ko‘chatchilik markazini ochish ilgari surildi. Shuningdek, turizm, tekstil, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish, ikki hudud Savdo-sanoat palatalarining uyushmasini tashkil qilish bildirildi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev boshchiligidagi ishchi guruhni turizm borasida Qoshg‘ar tajribasini o‘rganish hamda hududlar o‘rtasida turizm halqasini tashkil etishga kelishildi.

Muzokaralar yakunida bildirilgan takliflar va masalalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilib, uni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878179416.jpg

Farg‘onada energiya tizimi uchun "aqlli" texnologiyalar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744807910929.jpg

Farg‘onada Guanchjou shahri ishbilarmonlari hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744806046203.jpg

Viloyat delegatsiyasi Xitoyga amaliy tashrifi davomida Foshan shahrida joylashgan "Guangzhou Victel Technology Co., Ltd" kompaniyasida bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744798844776.jpg

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744783017112.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft