Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

6232025-04-14 14:22

Shinjonlik tadbirkorlar Farg‘onaga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622445040.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622449288.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622453087.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622460126.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622463310.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622466128.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622469564.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622472465.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744622475251.jpg

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Urumchi shahrida o‘ndan ortiq shinjonlik tadbirkorlar va kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan tovar ayirboshlash hajmi oshayotgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘zaro savdosining qariyb 10 foizi shu hududga to‘g‘ri keladi.

SHUARning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi “yashil” energetika va elektrotexnika, qurilish tarmog‘i va yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari kompaniya vakillari va tadbirkorlar bilan muloqotda mamlakatimizda, xususan, Farg‘onada xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida ma‘lumot berdi.

Shinjonlik tadbirkorlar viloyatimizda “aqlli” qishloq xo‘jaligi, qurilish va qurilish mahsulotlari, elektrotexnika, alyumin eshik va romlar ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, Farg‘onaga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirayotganliklari ma‘lum qilindi.

Viloyat hokimi ularning loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikni boshlash uchun Farg‘onaga taklif qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744881205650.jpg

Xitoyning yirik kompaniyasi "Inspur" bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744878179416.jpg

Farg‘onada energiya tizimi uchun "aqlli" texnologiyalar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744807910929.jpg

Farg‘onada Guanchjou shahri ishbilarmonlari hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744806046203.jpg

Viloyat delegatsiyasi Xitoyga amaliy tashrifi davomida Foshan shahrida joylashgan "Guangzhou Victel Technology Co., Ltd" kompaniyasida bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744798844776.jpg

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744783017112.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft