Viloyat hokimi Jahon bankining konsultantlar guruhini qabul qildi




Vodildagi “Qabullar uyi”da viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Jahon bankining “O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” loyihasi doirasida jalb etilgan konsultantlar guruhini qabul qildi. Mohammad Nada boshchiligidagi guruh a‘zolari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etildi. Prezidentimizning tegishli qarori ijrosi doirasida, Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan 16 ta tuman (shahar)lar orasida Farg‘ona viloyatidan Marg‘ilon shahri hamda Quva tumani ham borligi ta‘kidlandi. Mazkur hududlarda sanoat va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xajmini oshirish, xususan, Marg‘ilon shahrini ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantirish masalasiga e‘tibor qaratildi. Quva tumani markazi va unga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi, xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan master reja loyihasi haqida so‘z bordi. Bu loyihalarni amalga oshirishda Jahon bankining ishtiroki muhokama qilindi. Infratuzilma, turizm, sanoat sohalarida ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan pilot loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





