Farg‘onada “Fargo-Gold” brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqariladi



Viloyatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investorlarni qabul qildi va uchrashuvda ayni mavzuda so‘z bordi. Farg‘ona shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Loyihaga ko‘ra, “Fargo-Gold” brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yil may oyidan loyiha amaliy bosqichga o‘tadi. Ushbu ishlab chiqarish orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Viloyat hokimi mamlakatimizda zargarlik sanoatida katta salohiyat mavjudligini ta‘kidlab, Farg‘onada ishlab chiqariladigan mahsulotlar kelgusida xalqaro bozorlarda o‘z o‘rnini topishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, turkiyalik investorlar qurilish sohasi bo‘yicha ham Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar. Ularning takliflari qo‘llab-quvvatlandi va hamkorlikka tayyor ekanligi ma‘lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi.