"Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi: g'olib va sovrindorlar aniqlandi





O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprel kunidagi 212-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tumandagi ta'lim muassasalarining o'quvchilari jamoalari ishtirokida "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi. Musobaqada tumandagi 20 dan ortiq umumta'lim maktab jamoalari ishtirok etdi. Ular quyidagi 6 shart bo'yicha bellashdilar: safda yurish, velosiped haydash, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, maket tayyorlash, chorrahada to'g'ri harakatlanish hamda yo'l belgilari bo'yicha savol-javoblar. Ushb musobaqada 1-o'rin 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasiga, 2-o'rin 14-sonli ta'lim dargohi o'quvchilariga hamda 3-o'rin 9 va 13-sonli umumta'lim maktablari talabalariga nasib etdi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi


IT sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

Farg‘onada “Telecontact” kompaniyasi filiali faoliyat boshladi