Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

266 / 26.04.2025

Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazidagi inshootlarning qurilishi boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745565215569.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745565219616.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745565223035.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745565225808.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745565228588.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745565231140.jpg

Marg‘ilon shahridagi “Navro‘z” MFY hududida Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazi barpo etilayotgan bo‘lib, bu erda bosh reja asosida ko‘plab ob‘ektlar qurilishi rejalashtirilgan. Bugun mazkur majmuadagi sun‘iy ko‘l va musiqali favvora, maqom teatri, Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-tadqiqot markazi, muzey, Otabek va Kumush uyi, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, mehmonxonalar, bozor va gastronomiya markazining qurilishiga start berildi. Shuningdek, elektr, ichimlik suvi, tabiiy gaz ta‘minoti, avtomobilь va ichki yo‘llarni qurish ishlariga kirishildi. Qurilish ishlarini boshlash munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov, nuroniylar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda quruvchilar ishtirok etdi. Viloyat rahbari quruvchilar bilan muloqotda yangi inshootlar zamonaviy arxitektura talablari asosida sifatli barpo etilishini, yashil hududlarga alohida e‘tibor qaratilishini ta‘kidlab, majmua Farg‘onaning ko‘rki va obod maskani bo‘lishligini bildirdi. Nuroniylar tomonidan boshlanayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga ezgu tilaklar bildirilib, duolar qilindi. Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan majmuadagi inshootlar qurilishiga kirishildi. Ob‘ektlarga mas‘ul bo‘lgan har bir tashkilotlarning shtablari tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft