Viloyatimizda ham mahalla raislari saylovi boshlandi






Bugun, 1 may kuni mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, viloyatimizda ham mahalla raislari saylovi boshlandi. Ushbu muhim siyosiy tadbir munosabati bilan viloyatimizdagi 1 ming 62 ta mahallada saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borildi. Mahalla bugungi kunda xalqchil tuzilmaga aylanib, vakolatlari yanada kengaymoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etildi. Barcha sohalarda “mahallabay” ishlash usuli keng joriy etildi. Aholini ish bilan ta‘minlash, kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oilalarda tinchlik-totuvlik va hamjihatlikni targ‘ib etish maqsadida “Mahalla ettiligi” faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi. Bu esa mahalla raislari vakolati va mas‘uliyatini yanada kengaytirishda, mahallaga oid barcha ishlarni yuqori samara bilan yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi. Endilikda ilk bor saylovlar yangicha demokratik tamoyillar asosida, ochiqlik va oshkoralikda, fuqarolarimizning xohish va irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga xos tarzda o‘tkazishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shahar va tumanlarda bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda eng munosib nomzodlar mahalla raisi etib saylanmoqda. Saylovning birinchi kuni viloyatimizdagi 23 ta MFYda saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!