Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan zamonaviy turizm markazining qurilish ishlari bilan tanishdi







Bugungi kunda majmuada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yashil hududlarni ko‘paytirish, ekilgan daraxtlarni parvarishiga e‘tibor qaratilyapti. Turizm markazining bosh rejasi ishlab chiqilib, mehmonxonalar, dam olish zonalari, maxsus avtoturargohlar, o‘yingohlar, amfiteatr, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualarini joylashtirish jarayoni davom etmoqda. Shuningdek, bu yerda 53 ta kottej quriladi, gullar bog‘i va boshqa obyektlar barpo etiladi. Viloyat hokimi quruvchilar, mas‘ul tashkilotlar rahbarlari bilan muloqotda qurilish ishlarini boshlash, salohiyatli tadbirkorlarni bu yerga jalb etish masalalariga e‘tibor qaratdi. Turizm markazi bosh rejasini yanada takomillashtirish, dam oluvchilar uchun qulayliklar yaratish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Mas‘ullarga kunlik ishlarni tahlil qilib borish va qurilish ishlarini nazorat qilish topshirildi. Viloyat rahbari “Qaqir” MFYda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Quva tumanini jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muddatida, sifatli bajarish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





