Marg‘ilon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi hamda Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazining qurilish ishlari davom etmoqda







Ayni kunlarda Marg‘ilon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi hamda Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazining qurilish ishlari davom etmoqda. Bu yerda ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy ob‘ektlar, majmuada esa sun‘iy ko‘l va musiqali favvora, maqom teatri, Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-tadqiqot markazi, muzey, Otabek va Kumush uyi, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, mehmonxonalar, Hunarmandchilik markazi qurilmoqda. Elektr, ichimlik suvi, tabiiy gaz ta‘minoti, avtomobil va ichki yo‘llar barpo etilmoqda. Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu yerda bo‘lib, qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi, mas‘ullarga amalga oshiriladigan aniq vazifalarni belgilab berdi. Quruvchilar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga har bir obyektning qurilish ishlarini jadallashtirish, ishlarni tizimli tashkil qilish borasida topshiriqlar berildi. Loyihalarga mas‘ullar biriktirildi. “Yangi O‘zbekiston” massivida 15 ta 12, 14 va 16 qavatli uylarning qurilishi boshlangan. Shuningdek, bu yerda maktab, bog‘cha va boshqa inshootlar bunyod etiladi. Viloyat rahbari yangi massivdagi uy-joylar zamonaviy arxitektura talablari asosida qurilishi, aholi uchun zarur qulayliklar yaratilishi, yashil hududlarni ko‘paytirish lozimligini ta‘kidladi. Endilikda bu yerdagi shtablarda kunlik qurilish ishlari muhokama qilib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





