Farg‘onada Singapur kompaniyasi ishtirokida ijtimoiy soha ob‘ektlariga muqobil energiya manbalari joriy etiladi


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Singapurning “Watchman Group Pte., Ltd” kompaniyasining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Jemis Xiani qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimizdagi ijtimoiy soha ob‘ektlariga muqobil energiya manbalarini joriy etish loyihasining amaliy bosqichiga o‘tish masalasi muhokama qilindi. May oyi yakuniga qadar tanlab olingan dastlabki ob‘ektlarda namunaviy tarzda loyiha ishlari amalga oshirilishi ma‘lum qilindi. Ikki tomonlama manfaatli loyihaning iqtisodiy ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuv davomida “Watchman Group Pte., Ltd” kompaniyasi ishtirokida Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni keng jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar doirasida hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.

Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi

San‘at va do‘stlik bayrami: Botkenda xalqaro qo‘shiq festivali o‘tkazildi


Farg‘onada g‘alla mavsumida zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari ishtirok etadi