Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

234242025-05-14 21:18

Farg‘onada kitob do‘konlari yana bittaga ko‘paydi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747239440832.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747239444583.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747239447475.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747239450351.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747239456190.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747239458775.jpg

Xalqaro kitobxonlik festivali doirasida Farg‘ona shahrida "Bolajon” kitob savdo markazi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva, xorijlik mehmonlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Mazkur markaz tadbirkor Avazbek Ortiqov tashabbusi bilan barpo etildi. Uning uchun 2,4 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. 2 qavatdan iborat majmuaning 1-qavati kitob savdo markazi, 2-qavatida kompьyuter savodxonligi to‘garagi, til o‘rgatish o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari bu erdagi shart-sharoitlar, kitoblar fondi bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur binoda yoshlar ishtirokida kitobxonlik anjumanlarini o‘tkazish taklifi bildirildi. Tadbirkor tomonidan markaz faoliyati yanada rivojlantirilishi va bu borada yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft