So‘x tumanida “Bir Vatan – bitta taqdir” shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda







Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan anklav hudud — So‘x tumanida “Bir Vatan – bitta taqdir” shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Targ‘ibot guruhi a‘zolari ishtirokida mahallalarda, ta‘lim muassasalarida o‘tayotgan uchrashuvlar, sport musobaqalarida tuman yoshlari faollik ko‘rsatishyapti. Xususan, “Sohibkor” mahallasidagi 24-umumta‘lim maktabida tashkil etilgan uchrashuv yoshlar ishtirokidagi mushoira bilan davom etdi. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol turi bo‘yicha maydonga chiqqan yosh sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar. 10-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, unda hududdagi mahallalar yoshlari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. “Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi esa yangi iqtidorlarni kashf etdi. Shuningdek, tumanda “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, tijorat banklari va “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi vakillari tomonidan yoshlarga tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes reja tuzish va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib borilmoqda. Hududlarda gala konsertlar, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi

Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda


Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi