So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha 2025 yilning yanvarь-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar

2025 yil yanvar-mart oylarida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlarini so'zsiz ta'minlash va 2025 yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy o'sishning barqaror yuqori sur'atlarini saqlash uchun zarur zamin yaratilgan. So'x tumanida 01 aprel holatiga jami doimiy aholi soni 86 496 kishi bo'lib, shundan 48,9 foizi 42 286 kishini ayollar tashkil etadi. Tuman bo'yicha 2025 yil 3 oylik yakunlari bo'yicha -sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 33,6 milliard so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 108,1 foiz, aholi jon boshiga 389,3 ming so'mni tashkil etdi); -qishloq xo'jaligi mahsulotlari (yanvar – mart) ishlab chiqarish hajmi 90,0 milliard so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 104,5 foiz, aholi jon boshiga 1 million 43,0 ming so'mni tashkil etdi). Joriy yilning yanvar-mart oylar davomida Olingan go'sht (tirik vaznda) 635,5 tonna - 108,7 foiz Sog'ib olingan sut 8117,6 tonna - 102,2 foiz Olingan tuxum 1million 893 mingdona - 100,5 foiz Ovlangan baliq 0,4 tonna - 133,5 foiz -kapital quyilmalar hajmi (yanvar – mart) 39,7 milliard so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 76,5 foiz, aholi jon boshiga 460,0 ming so'mni tashkil etdi); -qurilish-pudrat ishlari hajmi 44,0 milliard so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 250,2 foiz, aholi jon boshiga 510,1 ming so'mni tashkil etdi); -chakana savdo tovar aylanmasi 249,6 milliard so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 105,2 foiz, aholi jon boshiga 2 million 892,2 ming so'mni tashkil etdi); -jami xizmatlar xajmi 107,5 milliard so'mni (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 111,1 foiz, aholi jon boshiga 1 million 245,1 ming so'mni tashkil etdi); -eksport hajmi 1,1 million AQSh dollar, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 162,5 foiz, aholi jon boshiga 12,9 AQSh dollarni tashkil etdi. -import hajmi 3,3 million AQSh dollar, o'tkan yilning mos davriga nisbatan 216,9 foiz, aholi jon boshiga 38,0 AQSh dollarni tashkil etdi. Ilhomjon Tojiboyev – So'x tumani hokimining birinchi o'rinbosari
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘ona shahri viloyatning eng obod va namunali hududi bo‘lishi kerak

Farg‘ona viloyati delegasiyasi Tojikistondagi xalqaro forumda ishtirok etdi

Viloyat hokimi turizm sohasidagi tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashdi