Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1402025-06-10 10:12

Farg‘ona viloyati va Germaniya o‘rtasida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749532294844.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749532299573.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749532303559.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749532306338.jpg

Farg‘ona viloyati va Germaniya o‘rtasida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda Joriy yilning 2-7 iyunь kunlari ta‘lim, migrasiya sohasi vakillaridan iborat viloyatimiz delegasiyasi Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ldi. Frankfurt, Zulь, Shtaynbax-Xallenberg, Shmalьkalьden va Mannxaym shaharlaridagi kasbiy ta‘lim o‘quv markazlari, universitetlar, ishlab chiqarish korxonalariga borilib, bu erda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. “NoVo Agency (Inh.)”, “JSP Personal Service GmbH” va “Odenwald Quelle GmbH & Co. KG” kompaniyalari vakillari bilan rasmiy uchrashuvlarda farg‘onalik talabalarni mavsumiy ish bilan ta‘minlash, kasbiy ta‘lim va rekruting bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “Simson Private Akademie gGmbH” kompaniyasining Shtaynbax-Xallenberg shahridagi kasbiy ta‘lim o‘quv markaziga borildi, kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati oliy ta‘lim, fan va innovasiyalar boshqarmasi bilan “Simson Private Akademie gGmbH” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. “Kaestner-Tools GmbH” kompaniyasida ishlab chiqarish quvvatlari hamda o‘zbekistonlik yoshlarning mehnat faoliyati bilan tanishildi. Memorandumga ko‘ra, professional ta‘lim sohasida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, Farg‘ona shahrida ushbu akademiyaning maktabini ochish, iqtidorli bitiruvchilarni Germaniyadagi korxonalarga ishga yuborish, viloyatimizdagi professional ta‘lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun master klasslar tashkil etish, o‘zaro hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etish va boshqa yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 12.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft