Farg‘onalik sportchilar Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishishdi



Farg‘onalik sportchilar Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishishdi Joriy yilning 9–15 iyunь kunlari Tailandning Pattayya-Rayong shahrida U18 va U23 yosh toifalarida baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi va uning tarkibida farg‘onalik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Davron Axtamov, Ilhomjon No‘monjonov, Gulshoda G‘anijonova, Dilnoza Rafiqova va Ziyodbek Yo‘ldashalievlar jami 6 ta medalga — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi. E‘tiborlisi, U18 yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U23 yosh toifasidagi bahslarda ham 8 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida Qozog‘iston va Vьetnamni ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va har ikki yosh toifasida o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





