Toshloq tumanida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi



Toshloq tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A.Kattabekov boshchiligida tumandagi og‘ir toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlarga ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining salbiy oqibatlari, jumladan, ularning kelgusidagi hayotiga va jamiyatdagi o‘rniga ta’siri keng yoritildi. Profilaktik suhbatda podpolkovnik A.Kattabekov yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar – ta’lim, kasb-hunar o‘rganish, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dasturlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan ularga tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad – yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, shu orqali tinch va barqaror muhitni ta’minlashdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




“Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali yuqori saviyada o‘tkaziladi