Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1422025-07-07 17:01

Farg‘ona va Ulsan hamkorligi barcha sohalarni qamrab oladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751889633766.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751889638564.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751889641250.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751889644458.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751889647172.jpg

Farg‘ona va Ulsan hamkorligi barcha sohalarni qamrab oladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi katta delegasiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, xususan, hududlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgani alohida qayd etildi. Ayniqsa, Farg‘ona viloyati va Ulsan shahri o‘rtasidagi aloqalar bugun o‘zining amaliy samaralarini berayotganligi aytib o‘tildi. Viloyat hokimi Farg‘ona shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri – Ulsan shahri bilan hamkorlikda tashkil etilgan mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Kemasozlik yo‘nalishida yoshlarni o‘qitish dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangani ta‘kidlandi. Ilk bosqichda 104 nafar yosh mutaxassis tayyorlangan bo‘lsa, 2025 yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni 200 nafarga, 2026 yilda esa yiliga 300 nafarga etkazish rejalashtirilgan. Mazkur dasturni amalga oshirishda yaqindan ko‘mak berayotgani uchun Ulsan shahri meriga minnatdorchilik bildirdi. Koreyalik mehmon tashrif doirasida kuni kecha Farg‘ona tumanida joylashgan Shohimardon qishlog‘ida ham bo‘lib, hududning turizm salohiyati, tabiiy go‘zalliklari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishganini va bu delegasiya a‘zolarida katta taassurot qoldirganini qayd etdi. Uchrashuvda migrasiya, turizm, ta‘lim, iqtisod, madaniyat va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom Koreyada o‘qishni tamomlagan o‘zbekistonlik talabalar uchun viza masalasini hal etish, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha tizimni o‘zgartirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma‘lumot berdi. Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarda erishilgan loyihalar asosida kiritilayotgan investisiyalarni Farg‘onaga yo‘naltirish muhim ekanligini qayd etdi. Farg‘ona va Ulsan o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish vaqti kelganligi aytib o‘tildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda bildirilgan yangi takliflar asosida hamkorlik yo‘nalishlarini yanada kengaytirish va rejalashtirilgan ishlar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha mas‘ullar biriktirilib, aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 08.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft