Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1872025-09-02 14:46

Farg‘ona shahrida yangi maktab tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806307506.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806313972.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806316807.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806320462.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806323137.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806326690.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806329570.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806333692.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806337827.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756806341322.jpg

Bugun mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lganidek, viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2025/2026 o‘quv yili boshlanib, birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi o‘qib, eshittirildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim maskanining foydalanishga topshirilishi va Bilimlar kuni tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev, Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ibragimov ham qatnashdi. Prezidentimizning o‘tgan yil viloyatimizga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari asosida Respublika Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Farg‘ona shahrining Gulzor mahallasida joylashgan mazkur 25-maktabga 45 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 1 ming 600 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim maskani barpo etildi. Muassasada 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilib, mavjud sinf xonalari, sport zali, kutubxona hamda oshxona tubdan ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Yangi o‘quv yili oldidan mazkur ta’lim dargohi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami, yangi dargoh hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi – Bilimlar kuni bilan tabrikladi. O‘quvchilarni yuksak marralar sari dadil parvoz etib, ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan inson qadri, inson manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar butun dunyoda e’tirof etilayotgani, ayniqsa, ta’lim yo‘nalishida salmoqli ishlar, o‘zgarishlarga guvoh bo‘linayotgani ta’kidlandi. Viloyatimizda ham ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, yangi maktablar barpo etish, ta’lim maskanlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga muhim e’tibor qaratilayotgani, bu esa o‘zining amaliy samaralarini berayotganligi qayd etildi. Bilim dargohlarida o‘qib-o‘rganayotgan yoshlar ajodlariga munosib tarzda butun dunyoni lol qoldiradigan avlodlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirildi. Tadbirda ustozlik ulug‘ maqom ekanligi, ularning qadrini oshirish, qo‘llab-quvvatlash, o‘z bilimlarini mustahkamlashlari uchun yurtimizda shart-sharoitlar yaratilayotgani yana bir bor ta’kidlandi. Viloyatimizda ta’lim tizimida sifat va samaradorlik yaxshilanayotgani, bundanda yuqori darajaga ko‘tarish uchun viloyatda ishlar jadal davom etishi, barcha rahbarlarning asosiy vazifasi ta’lim bo‘lishligi aytildi. - O‘qituvchi harakat qilsa, mehnat qilsa, bor mehrini, bilimini o‘g‘il-qizlarga bersa, lekin ikkinchi tomondan ota-onalar bunga hayrihoh bo‘lmasa, qo‘llab-quvvatlamasa, kutilgan natija bo‘lmaydi. Viloyatimizdagi barcha ota-onalarga murojaat sifatida aytmoqchimanki, agar farzandlarimiz bilimli, bugungi zamonaviy ilmlarni puxta egallagan bo‘lib, qolaversa, milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalaydigan bo‘lsak, biz haqiqiy kelajak uchun munosib avlod qoldirgan bo‘lamiz. Buning uchun tartib-intizom kerak. Biz ustozlarga yelkadosh bo‘lishimiz, ko‘makchi bo‘lishimiz kerak. Shunda yaxshi niyat, maqsadlarimizga yetamiz, - dedi viloyat hokimi. Tadbir davomida Davlat Bojxona qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddilari, ota-onalar ham so‘z olib, yangi o‘quv yili bilan o‘quvchilarni qutladilar, bunyodkorlik ishlari uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, viloyatda 7 oy davomida qariyb 100 mlrd.so‘mga yaqin mablag‘ ta’limga, qurilish ishlariga yo‘naltirilgani alohida e’tirof etildi. 25-maktabning 193 nafar 1–sinf o‘quvchilariga 12 ta nomdagi turli o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshirildi. O‘z faoliyati bilan namuna bo‘lib kelayotgan ustozlarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Quruvchilarga ham minatdorchilik bildirildi. Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quv jarayoni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Kelajak soati” darslari bilan boshlandi. Ma’lumot o‘rnida: Bugungi kunda viloyatimizdagi 1108 ta umumta’lim muassasalarida, qariyb 756 ming nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Bu yil viloyatdagi ta’lim muassasalari 1-sinfiga 78 ming nafar, shundan 3 ming nafarga yaqin bola nodavlat ta’lim muassasalariga qabul qilindi, ularga “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 03.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft