Yangi o‘quv yilida viloyatimizda zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘rkam maktablar qad rostladi










Yangi o‘quv yilida viloyatimizning turli hududlarida zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘rkam maktablar qad rostladi. Bugun Bilimlar kuni tadbirlariga hamohang Quva tumani Qaqir MFYda 5-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ishtirok etib, barchani yangi barpo etilgan zamonaviy maktabning ochilishi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdi. Mazkur yangi 990 o‘rinli ta‘lim maskani Davlatimiz rahbarining o‘tgan yil viloyatimizga tashrifi chog‘idagi berilgan topshiriqlariga asosan Respublika Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 32 mlrd so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi. Ushbu maktab 1969 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan 56 yil davomida biror marotaba ta‘mirlanmagan edi. Maktab qayta qurilgandan so‘ng maktabning sig‘imi 640 tadan 990 taga oshirildi. O‘qituvchilar o‘z ustida ishlashlari va ma‘naviy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi. Bir smenada o‘qitishga imkon yaratildi. Muassasada zamonaviy sinf xonalari, laboratoriya va kompьyuter xonalari, sport zali, ochiq sport maydonlari, kutubxona hamda oshxona barpo qilinib, o‘quvchi va o‘qituvchilar ixtiyoriga topshirildi. Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga "Prezident sovg‘asi" topshirildi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiev, Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ibragimov ham qatnashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi.

Farg‘ona shahrida yangi maktab tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi

Farg‘onada Istiqlolimizning shonli sanasi katta shodiyonalar bilan nishonlandi
