Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi.






Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi. Muloqotda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilishi rejalashtirilayotgan hamkorlik hamda turizm yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Xususan, “Orca Global” kompaniyasi asoschisi viloyat rahbari bilan muloqotda Farg‘onadan malina, anor va boshqa meva mahsulotlarini Turkiya, Evropa davlatlariga eksport qilish niyatida ekanligini ma‘lum qilib, bu borada kelgusidagi amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalari xususida ma‘lumot berdi. Hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi. Turkiyaning Eser Hotels premium mehmonxonalar tarmog‘i rahbari Ertan Xaldun bilan o‘tgan uchrashuvda Qo‘qon shahrida Eser Hotels brendi ostida amalga oshirilayotgan mehmonxona loyihasining borishi muhokama qilindi. Shuningdek, investor tomonidan yoshlarga mehmonxona faoliyati bo‘yicha darslar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ham rejalashtirilganligi qayd etildi. Turkiyalik sayyohlarni viloyatga jalb qilish bo‘yicha ham fikr almashildi. Viloyat hokimi Eser Hotels brendining Farg‘onaga kirib kelishi ortidan boshqa xalqaro brendlar ham viloyatimizga e‘tibor qaratishiga yana bir bor ishonch bildirdi. Uchrashuv yakunida turkiyalik investorlar bilan bildirilgan takliflar asosida hamkorlikni jadallashtirishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida yangi maktab tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi

Farg‘onada Istiqlolimizning shonli sanasi katta shodiyonalar bilan nishonlandi
