Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasining yangitdan ta’mirlangan binosi foydalanishga topshirildi
Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasining yangitdan ta‘mirlangan binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, soha xodimlari hamda mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Mazkur inspeksiya qurilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirib kelayotgan bo‘lib, so‘nggi yillarda soha to‘liq raqamlashtirildi. Bugungi kunda viloyatimizda ushbu tizimda 86 nafar xodimlar mehnat qilmoqda.
Uch qavatli zamonaviy binoda xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Shuningdek, obyektlarda shaffoflikni ta‘minlash maqsadida inspeksiyada operator shtabi tashkil etilib, qurilish ketayotgan obyektlarni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun monitor o‘rnatildi. Inspektorlar planshet va bodi kameralar bilan ta‘minlandi.
Ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!